Xabar qilganimizdek, “Mehnatni muhofaza qilish” haftaligi doirasida Toshkent shahridagi qurilish obyektlarida press-tur davom etdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga qurilish maydonida joriy etilgan xavfsizlik tizimlari amalda ko‘rsatib berildi. Xususan, maxsus axborot stendlari orqali mehnatni muhofaza qilish qoidalari, xavfsiz ishlash usullari va kundalik ish jarayonlari namoyish etildi.

Shuningdek, ishchilar uchun majburiy bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari — kaska, maxsus kiyim, qo‘lqop, himoya ko‘zoynagi va xavfsizlik kamarlaridan foydalanish tartibi amaliy tarzda tushuntirildi. Qurilish maydoniga kirishda ushbu vositalardan foydalanish qat’iy nazorat qilinayotgani alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, balandlikda olib borilayotgan ishlar jarayoni bilan ham tanishtirilib, xavfsizlik kamarlaridan to‘g‘ri foydalanish, ish joyini tashkil etish va texnika xavfsizligi talablariga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur press-tur orqali qurilish sohasida xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, ishchilar hayoti va salomatligini himoya qilish ustuvor vazifa ekanligi yana bir bor namoyon etildi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

© 2026 «ICT FOREVER» x/k barcha huquqlar himoyalangan